RAHBARIYAT:
KAFEDRALAR:
BO`LIMLAR:
MARKAZLAR:
RASMLAR:
QABUL 2010-2011:
Umumiy ma`lumotlar
Guliston 2-akademik litseyi O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Markazining 2007-yil 24-fevraldagi 30-sonli, Sirdaryo viloyati o`rta maxsus kasb-hunar talimi boshqarmsining 2007 yil 9-martdagi 44-sonli buyruqlari hamda Guliston shahar hokimining 2007-yil 4-iyundagi 313-qarori asosida tashkil etilgan bo`lib 2007-yilning 15-dekabrida foydalanishga topshirilgan. Litseyning umumiy maydoni 3,6 ga bo`lib, unda 720 o`quvchi o`rinli asosiy va ikki blokli o`quv binosi, 150 o`rinli faollar zali, 30x18 m hajmdagi sportzal, 16 o`rinli bufet, axborot resurs markazi va avtonom qozonxona mavjud.
Litseyimizda 25 ta fan xonasi (shundan 12 tasi to`liq guruhga, 13 tasi bo`linadigan guruhlar uchun) mavjud bo`lib, ular "Ta`lim to`g`risida"gi
qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" talablari asosida jihozlangan.
Kimyo, biologiya va fizika fanlari bo`yicha zamon talablariga javob beradigan 5 ta laboratoriya xonasi, 4 ta lingafon xonasi ishlab turibdi.
Mazkur laboratoriyalar Samarqanddagi "El-xolding" firmasi jihozlari bilan jihozlangan.
Guliston 2-akademik litseyida jami 5 ta kafedra mavjud, jumladan:
1. Aniq fanlar kafedrasi;
2. Tabiiy fanlar kafedrasi;
3. Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi;
4. O`zbek tili va adabiyoti
5. Xorijiy filologiya kafedrasi.
Guliston 2-akademik litseyi 720 nafar o`quvchilarni qabul qilishga mo`ljallangan bo`lib, ulardan foydalanish 0,7 koeffitsientni tashkil etmoqda.
Muassasada mazkur 7 ta yo`nalish bo`yicha 485 nafar o`quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda.
Shundan:
1.Aniq fanlar kafedrasida 121 nafar (1 bosqichda-61 nafar, 2- bosqichda 28 nafar, 3-bosqichda 32 nafar);
2.Ijtimoiy gumanitar fanlar hamda O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida 273 nafar (1 bosqichda-93 nafar,
2-bosqichda 116 nafar, 3-bosqichda-64 nafar);
3.Tabiiy fanlar kafedrasida 153 nafar (1 bosqichda-63 nafar, 2- bosqichda 59 nafar, 3-bosqichda-31 nafar);
4.Xorijiy filologiya kafedrasida 114 nafar (1 bosqichda -58 nafar, 2- bosqichda 30 nafar, 3-bosqichda-56 nafar).
Akademik litsey davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan oxirgi namunaviy o`quv dasturlari va rejalar, tarmoq ta’lim standartlari bilan ta’minlangan. Bular asosida ishchi o`quv reja, ishchi o`quv dasturlar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Litseyning ish faoliyatini tashkil etish, 2007 yil Toshkent shahridagi Turkiston saroyida “Konstitutsiya” kuniga bag`ishlab o`tkazilgan tantanali yig`ilishda muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2008 yilning “Yoshlar yili” deb atalganligi hamda Hukumat tomonidan ishlab chiqilgan dasturlarning ijrosiga qaratilgan yillik ish rejasi va ilmiy pedagogik kengashning yillik ish rejalari asosida olib borildi.
Belgilangan jadval asosida litseyning ilmiy pedagogik kengashi yig`ilishlari o`tkazilib borilib, tegishlicha qarorlar qabul qilinib, uning ijrosi litsey o`qituvchilari o`rtasida buyruq asosida taqsimlangan vazifalar taqsimoti asosida nazorat qilindi va ijrosi ta’minlanib borildi.