RAHBARIYAT:
KAFEDRALAR:
BO`LIMLAR:
MARKAZLAR:
RASMLAR:
QABUL 2010-2011:
Abituriyentlarga
O`QISHGA MARHAMAT
GULISTON 2-AKADEMIK LITSEYI
QABUL 2010-2011 O`QUV YILIGA
Guliston 2-akademik litsey "Aniq fanlar" kafedrasi mudiri
Guliston shahrida joylashgan Guliston 2- akadеmik litsеyi 2010-2011 o’quv yili uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilar qabul qiladi:
1.Aniq fanlar (matеmatika, fizika, informatika va iqtisod):
2.Tabiiy fanlar (kimyo, biologiya);
3.Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, huquq, ona tili va adabiyoti);
4.Xorijiy tillar (ingliz tili, nеmis tili).
Qo’shimcha quyidagi kasbiy ta'limlar bеriladi:
1. EHM opеratori;
2. Ish yurituvchi;
3. Kimyo laboranti;
4. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ingliz tili o’rgatuvchisi.
O’qish muddati 3 yil (9- sinf nеgizida).
O’qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Akadеmik litsеy dirеktori nomiga ariza;
2. Kasbga yo’naltirish va psixologik-tashxis markazining tavsiyanomasi;
3. Doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma;
4. 086-U –shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
5. 4/6 hajmdagi 6 dona fotosurat;
6. 9-sinfni bitirganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxasi, 9-sinfni joriy yilda bitirmaganlar uchun 10-11 sinflarda tahsil olmaganligi to’g’risidagi o’zlari o’qigan maktabdan ma'lumotnoma;
7. O’quvchining tug’ilganligi haqidagi guvohnomasi yoki pasport nusxasi (asl nusxasi shaxsan ko’rsatilishi shart)
Hujjatlar o’qishga kiruvchilar tomonidan konsultativ markazga shaxsan topshiriladi. Murojaat uchun manzilimiz: Guliston shahri, Doniyorov ko’chasi (Mo’ljal: Muqumiy mahallasi 1-maktab)